Faol nuroniylar har oy rag‘batlantiriladi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.
-Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.
-Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
-xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
-oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
-piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
-keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.
-Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag‘batlantirib boriladi.
-Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Sh.Rahmonova,
Angor tumani adliya bo‘limi FXDY mudirasi
Ўзбекча
Русский
English