Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

-Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

-2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 foizga;

-2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

-Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

Sh.Normanov,

Angor tumani adliya bo‘limi DXM bo‘lim boshlig‘i