18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Mazkur kun munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida Davlat bayrog‘i yuksaklarga ko‘tarilib, hilpirab turadi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407XIIsonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda umummilliy bayramlarda, sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va oʻzga ommaviy tadbirlarda, rasmiy xalqaro tadbirlarda, tantanali tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida hamda boshqa hollarda, shu jumladan yogʻoch dastani (bayroq dastasini) ishlatmasdan, shuningdek, jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkinligini aytib o‘tish joizdir.
Angor tuman Adliya bo‘limi
YUXKM boshyuriskonsulti J.Mo‘minov
Ўзбекча
Русский
English