AVTO, MOTO, VELO TRANSPORTLARDA “QUVIB O‘TISH” TARTIBI

-Quvib o‘tishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib:

o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga halaqit bermasligiga;

shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;

quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga halaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

-Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini o‘zib ketish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.

-Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

J.MO‘MINOV,

Angor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsuli