Topshiriqlar ijrosi amalda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga asosan Angor tumanining Navshahar mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Qosim Mardonov mahallada olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi.

Mahalladagi ichki ko‘chalarda asfal yotqizish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi barpo etilyapti.

Hududda tashkil etilgan mikromarkazda "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish