TARIXIY MEROSIMIZ VA MUQADDAS OBIDALARIMIZ-YOSHLAR NIGOHIDA
Surxondaryo viloyati yoshlari va ayollarini kasbga yo‘naltirish markazi nodavlat-notijorat tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamiyat fondining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod yurtda yashash xalqimiz baxtu-saodatidir” mavzusida tanlov e’lon qilindi. Unda Davlat granti ajratish uchun 3-tanlovni yoshlarimizning tug‘ilib o‘sgan o‘z o‘lkasi, tarixi, madaniyati va me’moriy obidalarimiz haqida bilimlarini boyitish, shu jumladan, maxsus klublar faoliyatini tashkil etish, ekskursiyalar va viktorinalar o‘tkazish orqali vatanparvarlik hissini singdirish yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilingan tanlovda “Tarixiy merosimiz va muqaddas obidalarimiz-yoshlar nigohida” nomli loyihasi bilan ishtirok etishdi va grant sohibi bo‘ldi.
Loyiha doirasida Angor tumanida mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktab yoshlarini milliy va umum-insoniy qadriyatlarni hurmat qilish asosida tarbiyalash, mamlakatning tarixiy boy merosiga yoshlarni jalb qilish maqsadida maktablarda boy milliy va umum-insoniy an’ana qadriyatlarini yoshlar ongiga yetkazish va tarbiyalash uchun har bir maktablarda tanlovlar uyushtirildi va har bir maktabdan 20 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Tuman bosqichidagi 30 nafar yoshlari ishtirokida Termiz shahri va Sherobod tumanidagi tarixiy yodgorliklar, ulug‘ bobokalonlarimizning tarixiy merosi va ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.
Natijada yoshlarda milliy g‘urur iftixor tuyg‘usiga boy tarixiy meroslarimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom yuzaga chiqdi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga esdalik sog‘alar va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati yoshlari va ayollarini kasbga yo‘naltirish markazi 2005-2025-yillar mobaynida O‘z.NNTMA, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining bir necha bor grant tanlovining g‘olibi bo‘lib, yoshlarni va ayollarni turli kasblarga yo‘naltirish, seminar-treninglar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.
Muhabbat Soliyeva,
Surxondaryo viloyati yoshlari va ayollarini kasbga yo‘naltirish markazi rahbari
Ўзбекча
Русский
English