Oiladagi an’anaviy turmush tarzi – oila mustahkamlik garovi!

Yurtimizda an’anaviy oila hayotidagi o‘ta muhim masalalarni tartibga solish zamonaviy model bo‘yicha qanday bo‘lishi kerakligi belgilanib, an’anaviy oilalarda yuzaga keladigan ko‘pgina ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinib, ijtimoiy jarayonlarda oiladagi an’anaviy turmush tarzlari, qadiriyatlari ardoqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida oiladagi an’anaviy turmush tarzlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi;

-hamma ishda o‘zidan katta avlodga bo‘ysuniladi, shu jumladan, ular farzandlari uchun turmush o‘rtog‘ini ma’qul topish (tanlash), ularga va turmush o‘rtoqlariga qanday yo‘l tutish haqida ko‘rsatmalar berishga ma’naviy jihatdan haqli sanaladi; 

-er-хotin o‘rtasida faqat nikoh emas, balki er-хotinning oilalari o‘rtasida amalda bitim tuziladi, bu aniq mulkiy majburiyatlarni yuzaga keltiradi;

 -turli avlodlar birgalikda yashagani uchun oila mulki faqat er-хotinning mol-mulkidan iborat emas, maishiy darajada ota-ona mulki va farzandlarning mulki degan tushuncha yo‘q;

-ko‘p farzand ko‘radilar, shu sababli ayol jinsi katta uy хo‘jaligi tashvishlarini zimmasiga olib, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lmaydi;

-oilaning moddiy ta’minoti er va erkak jinsidagi katta qarindoshlari zimmasida, buning natijasida oilada erkak shak-shubhasiz ustun sanaladi;

-oila hayotida jamoatchilik (masalan, mahalla) keng ishtirok etadi va h.k.

Sh.Rahmonova,

Angor tumani adliya bo‘limi FXDYo mudiri

0 izox

Izox qoldirish