Loqaydlik – kelajak kushandasi

Eng katta xavf loqaydlik va beporvalik  kuchayib borayotganida

Sh.Mirziyoyev

 

Loqaydlik bu-burch va ma’sulyatni his qilmaslik, atrofdagilarning, o’zining taqdiri va kelajagiga daxldor voqealikka e’tiborsizlikdir. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning maqsadi kuchli davlatdan kuchli fuqoralik jamiyatiga o‘tish konsepsiyasidir. Bunda fuqoralardan davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok  etishlari talab etiladi. Prezidentimiz ham doimo fuqoralarimizni ogohlikka va e’tiborli bo‘lishga chaqiradi. Kelajagimiz yoshlar qo‘lida bo‘lganligi uchun, albatta ularning ilm olishiga, hunar o‘rganishiga, kelajakda hayot yo‘lida qoqilmashdan yashab ketishiga e’tiborsiz bo‘lmasligimiz lozim.

Buning uchun esa farzadlarimiz tarbiyasini oiladan boshalashimiz kerak. Oila muqaddas dargoh, uni osoyishta mustahkamligini saqlash oila a’zolarining burchi va vazifasi hisoblanadi. Farzandga to‘g‘ri tarbiyta berish, ularning ahil inoqligi, bir-biriga ishonch o‘zaro hurmatda bo‘lishida ota-onalarning o‘rni beqiyosdir, chunki har bir farzandning qanday xarakteri, qobilyatini yaxshi tushinishadi.  “O‘nta bo‘lsa o‘rni, qirqta bo‘lsa qilig‘i boshqa”  deb bezij aytishmagan  dono xalqimiz. Kun davomida bolaning bo‘sh vaqti qolmasligi kerak, chunki bola bo‘sh qoldi deguncha bekorchi narsalarga sarflaydi.

Ayrim oilalarda bolalarga bo‘lgan e’tiborsizlik va loqaydlik nosog‘lom muhitning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bolalar o‘tish davrida har xil vaziyatga tushib qolishi mumkin, shunda ota – ona  o‘zining farzandini to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, unga bee’tibor  bo‘lmasligi lozim. Ilgari “Bitta bolaga yetti mahalla ota-ona” deyishardi. Bugungu kunda bu maqollar ahamyatsiz bo‘lib qoldi, masalan ko‘chada biror tanishingiz va tanish bo‘lmagan insonni o‘g‘il va qizini nojo‘ya ish qilayotganini ko‘rib qolsak bee’tibor o‘tib ketamiz. Bu esa bizning loqaydsizligimizdan dalolat beradi. Kasb–hunar maktablariga kelgan o‘quvchilarning aksariyati oilasida muammosi bor o‘quvchilardir.

Shuning uchun bizdan ular bilan ishlashda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ba’zi bolalar o‘zlari qiziqishi bilan tanlagan kasblari bo‘yicha hunar o‘rganadi, ilm oladi, bu esa o‘sha bolaning kelgusi hayotida qiynalmasdan jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishida foyda beradi. Ota-onaning vazifasi farzandi biror-bir kasbni tanlamagan bo‘lsa, farzandining qiziqishi, qobilyati, imkoniyatini o‘rganish asosida kasb tanlashda, hozirgi kundan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Farzandning tarbiyasiga ota-ona, mahalla, maktab jamoasi mas’ul bo‘lishi lozim, chunki farzand tarbiyasi – bu oila, jamiyat, millat tarbiyasidir. Farzandlarimizning bugungi kunda nima bilan shug‘ullanayotganini, qanday kitoblar o‘qiyotgani (agar o‘qiyotgan bo‘lsa), televizorda nimalar tomosha qilayotgani, telefondan nima maqsadda foydalanayotganiga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Hozir biz bunga qo‘l uсhida qaraydigan  bo‘lsak, ertangi kunda tuzatilmas katta xatoga yo‘l ochib bergan bo‘lamiz.

Bugun bolalarimizni ota-ona emas, maktab, bog‘cha emas, balki “telefon” tarbiyalayapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hurmatli prezidentimiz “Mobil telefon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda. Ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar chegarani buzmasdan, bildirmasdan xonadonimizga, jamiyatimizga kirib kelayapti. Bularning barchasi biz uchun ogahlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi zarur. Biz g‘ururi baland xalqmiz. Mana shu boyligimizni yo‘qotib qo‘ymasligimiz kerak” dedi. Hushyorlikni ta’minlashda mayda-chuyda degan narslar bo‘lmaydi. Zero, bir gugurt donasi butun bir qishloqni yondiradi. Luqmoni Hakimdan so‘radilar: “Odamlarning eng yaramasi, eng yomoni kim? “u  kishi aytdilar: “Odamlarning yomonlik qilayotganligini  ko‘ra  turib, ko‘rmaslikga  olgani, beparvo, loqayd bo‘lganidir”. Agar bu bizning farzandimiz emas, menga nima qabilida ish tutsak, yon-atrofimizda bo‘layaotgan ishlarga befarq bo‘lsak, jamiyatning tanazzulga uchrashiga sharoit yaratib bergan bo‘lamiz.

Marhum yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Azaldan ma’lumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. Chunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo‘ladi. Biroq, loqayd va beparvo odamning qiyofasini  birdaniga bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun u ichingizga kirib, sizga qarshi tish qayraydigan dushmanlar uchun imkoniyat yaratib beradi”. Bundan xulosa shuki oila, maktab, barcha ta’lim dargohlarida, mahallada farzandlarimiz tarbiyasida, mahallalarimiz, yurtimiz obodligi va  bir birimizga mehr-oqibat ko‘rsatishda doimo hushyor va jonkuyar bo‘lishimiz  kerak.

Hozir ko‘chalarda chiqindilarning sochilib yotganini ko‘ramiz, lekin befarq o‘tib ketaveramiz. Bu chiqindilarni sizu-bizga o‘xshagan odamlar tashlagan. Birortamiz ko‘chaga qog‘oz, “baklashga”, pista po‘choqlari tashlama deb aytolmaymiz. Ey menga nima- deb o‘tib ketaveramiz. Bu esa juda xunuk hodisadir, biz bu bilan bilmagan holda yoshlarga salbiy tomonimizni ko‘rsatib qo‘yamiz. Keyin qanday qilib ularga bunday emas unday deb nasihat beramiz. Shuning uchun albatta o‘zimiz o‘zgarishimiz kerak. Farzandlarimiz tarbiyasiga befarq, loqayd bo’lmasligimiz lozim. Zero loqayd bo‘lmay farzand tarbiyasiga, yoshlarga e’tibor bergan davlatning kelajagi buyuk bo‘ladi.

Qayerdaki loqaydlik - u yerda xato  qayerdaki  sovuqqonlik – uyerda jinoyat 

Georg Lixtenberg.

Hurmatoy Xolmurodova,

Angor tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi

0 izox

Izox qoldirish