Ayol — jamiyatning tayanchi, oilaning gultoji va millatning tarbiyachidir. Uning mehri, sabri va fidoyiligi tufayli har bir xonadonda mehr-oqibat, osoyishtalik va barqarorlik qaror topadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalardagi ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ayollarning hayotdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ayol — oila muhitining qalbi hisoblanadi. Uning kulishi – oila baxti, uning shodligi – yurt ravnaqidir. Shu bois, har bir jamiyatda ayolga bo‘lgan hurmat va e’tibor yuksak darajada bo‘lishi lozim. Zero, ona — millat tarbiyachisi, yurtning kelajagini yaratib beruvchi buyuk kuchdir.
Mamlakatimizda “Ayol va oila” institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish maqsadida keng qamrovli dastur va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Shunday ekan, ayolga ehtirom – oilaga, millatga va kelajakka ehtirom demakdir.
Ayol – nafaqat oilaning gultoji, balki yurt ravnaqining, millat taraqqiyotining ham asosidir.
Gavhar
Jumayeva.
Ўзбекча
Русский
English