Angor tumanida maktab maslahatchilari o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilninng 19-mart kuni Angor tumani “Kelajak” markazida maktab maslahatchilari uchun tanishuv va seminar trening tashkil etildi.
Seminarni Angor tumani “Kelajak” markazi direktori G‘.Himmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi va hozirda yoshlar bilan ishlashda yangicha uslub hamda ishlarni tizimili olib borish kerakligini ta’kidladi.
Maktab maslahatchilari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis E.Boboqulov tomonidan sohaga oid Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi 277-son, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarorlari, tizimdagi yangiliklar hamda maktab maslahatchilari nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirildi.
Seminar trening davomida yuritiladigan nomenklatura, dastlabki meyoriy hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida taklif va tashabbuslar asosida yanada tizimli va hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Angor tumani “Kelajak” markazi.

0 izox

Izox qoldirish