Mahbuba Davlatova Angor tumanining birinchi sektor hududiga qarashli Qorasuv mahallasida istiqomad qiladi. Tadbirkor ayol qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini dastlab 3 nafar xotin-qizlar bilan boshlagandi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib, tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida 17 nafar xotin-qizlarni ishga qabul qildi. Hozirda 20 nafar xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda.
Korxonada 25 xil turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Mahsulotlar buyurtma asosida to‘y va bazmlarga shuningdek, ichki bozorlardagi xaridorlar uchun ishlab chiqariladi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English