Hayot... Tajriba va qiyinchiliklardan iborat yo‘l. Bu yo‘lning azob-uqubatlaridan hikmat izlab oldinga intilgan insonlar muvaffaqiyat cho‘qqisini zabt etadilar. Aksincha, kimningdir ko‘magi, yordamiga tayanib yashayotgan insonlar qiyinchiliklarni yengish uchun o‘zida kuch topolmaydi. Borgan sari hayot yo‘li murakkablashib boradi.
Demak, hayotimizning qanchalik baxtga to‘la-to‘kis bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq.
Angor tumanining Bahor mahallasida yashab kelayotgan Gulhol Ravshanovaning bosib o‘tgan hayot yo‘li ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lsa arziydi. Yer bilan tillashib, dehqonchilik qilib kelayotgan Gulhol opa mehnati ortidan daromad topib, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tmoqda.
Darhaqiqat, taqdir odamlarni turli sinovlarga yo‘liqtiradi. Angorlik Muqaddas Qo‘ziboyeva ham ana shunday mushkul vaziyatlarni boshdan kechirgan inson. Turmushning mushtlariga, sabrning sinoviga saboq bergan matonatli ayol tumanning Zang gilambob mahallasida yashaydi.
Muqaddas opa turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng, taqdir sinovlarini yengib o‘tish, uch nafar farzandini tarbiyalash, birovdan kam qilmaslik uchun mehnat bilan do‘st tutindi. Farzandlariga ham ona ham ota bo‘lib, ularni ulg‘aytirdi. Farzandlari kelajagi uchun olg‘a qadam tashladi. Qiyinchiliklar oldida bosh egmadi, ularni sabr-bardosh bilan yengib o‘tdi. Shaxsiy tomorqasidan daromad topib, farzandarini o‘qitdi, uyli-joyli qildi.
G.JUMAYEVA,
jurnalist.
Ўзбекча
Русский
English