Agrobank ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filiali faoliyati

“Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filiali o‘z strategiyasida davlat dasturlarini moliyalashtirishni davom ettirish hamda bankning tijorat biznesini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda operasion samaradorlikni oshirish, bank xizmatlarini taqdim etish va bu bo‘yicha banklar orasida yetakchi bo‘lish belgilab olingan. Bank o‘z mijozlarining o‘sishi va farvonligiga hissa qo‘shish, biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. 2024-yil 1-iyun holatiga “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filialining kredit qo‘yilmasi jami  280172 mln so‘mni tashkil etadi. “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filiali 2024-yil 1-iyun holatiga jami 49588 nafar mijozga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan:

yuridik shaxslar – 1329 nafar

jismoniy shaxslar – 48259 nafar

Hozirgi kunda “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filialida yuridik shaxslarga onlayn kreditlar, ishlab chiqarish korxornalari uchun, dori-darmon va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun revolver kreditlar, yuridik shaxslarga aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun, ekspress kreditlari, jismoniy va yuridik shaxslarga “Yashil energiya” doirasida ajratilayotgan kreditlar, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlab va eksport qiluvchi korxonalar uchun revolver kreditlarimiz mavjud.

Jismoniy shaxslar uchun budjet tashkiloti xodimlariga “Avans plyus”, onlayn mikroqarz, ipoteka kreditlari, mikroqarz, kredit karta, “Open” muddatli to‘lov krediti, jismoniy shaxslarga “Chakana Agrobank marketpleys” dasturi orqali “Onlayn to‘lov” kredit turlari mavjud.

Shuningdek, 7 turdagi xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha hamda barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilib ham mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz. Shu bilan birga tumandagi aholi gavjum joylarda bankomatlar o‘rnatilib, mijozlarga xolisona xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, aholiga keng sharoitlar yaratish maqsadida bank binosidan tashqarida “SMART OFIS” ham tashkil etilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor filiali mijozlarga tez hamda sifatli xizmat ko‘rsatadigan banklardan biridir.

 O.Muhamedov,

Agrobank ATB Angor filiali boshqaruvchisi