Angor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi texnik yo‘nalishida to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!
Hozirgi kunda Angor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida yo‘nalish bo‘yicha 5 ta to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, 100 nafar to‘garak a‘zolari mashg‘ulotlarda muntazam qatnashib kelmoqda.
Robototexnika to‘garagi rahbari Sh.Saidqulov 10 nafar o‘quvchiga robototexnika to‘garagi mashg‘ulotini o‘tib kelmoqda.
Bugungi kunda ushbu to‘garakda iqtidorli va ijodkor o‘quvchilar robototexnka sir-asrorlarini o‘rganib kelmoqda.
Iqtidorli o‘quvchilardan Hakimov Shohjahon Robototexnika bo‘yicha Respublika, viloyat va tuman miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda yahshi natijalarga erishib kelmoqda.
Robototexnika to‘garagi rahbari Sh.Saidqulovning kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz.
Erkin Boboqulov,
“Barkamol avlod” bolalar markazi mutaxassisi
Ўзбекча
Русский
English