VIRUSLI GEPATIT “A”- yuqumli sariq kasalligidan saqlaning

Aholi orasida “Sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit “A” kasalligi jigarning jarohatlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Kasallik aksariyat hollarda quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi: Holsizlanish, isitma, shamollash belgilari, ishtaha yo‘qligi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘zning shilliq qavati, badan terisi va siydik rangi sarg‘ayishi bilan boshlanadi.

Kasallik virusi odam organizmiga og‘iz orqali qaynatilmagan suv ichish, meva, sabzavotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish jarayonida shaxsiy gigiena (qo‘llar yuvilmaganda) rioya etilmaganda hamda ushbu kasallikga chalingan bemor foydalangan idish –tovoqlar, choyshab yostiq-kiyim kechak va o‘yinchoqlardan umumiy foydalanilganda yuqishi mumkin.

Virusli gepatit kasalligiga chalingan bolalarda uzoq muddat jismoniy harakatdan cheklanish parhezga rioya qilish jigar faoliyatini qayta tiklash uchun ko‘plab dori vositalarini qabul qilish, umuman bemor to‘liq tuzalmas ekan unga alohida e’tibor va parvarish ta’lab etiladi. Natijada oila a’zolari undan moddiy va ma’naviy zarar ko‘radi, ota-ona farzandining xastaligini ko‘rib turib har soniyada aziyat chekadi.

Kasallikning vaqtida aniqlanmasligi va dori vositalardan o‘rinsiz foydalanishi jigar faoliyatining buzilishlari bilan kechadigan og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun virusli gepatit kasalligini davolash faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra shifoxona sharoitda o‘tkazilishi  kerak. Kasallik yuqmasligi uchun bolalarni yoshligidan shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishga o‘rgatish, qo‘llarni sovunlab yuvishga odatlantirish, meva, sabzavotlarni yuvib es’timol qilish suvni qaynatilgan holda iste’mol qilish kerak.

Yuqumli sariq kasalligining olidini olishda eng samarali himoya vositasi bu vaksina bilan emlashdir. Emlash Ko‘p tarmoqli markazlashgan Oilaviy poliklinikasida emlash xonasida  amalga oshirilmoqda, ayni vaqtdagi vaksina narxi 330.000 so‘m.

Emlash ishlari 1,5 yoshdagi bolalardan boshlab va kattalar uchun xavfsiz hamda samaralidir.

Yuqorida aytib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilish orqali har birimiz virusli gepatit “A” kasalligi va uning og‘ir asoratlarining oldini olgan bo‘lamiz.

 M.Xudoyberdiyeva,

Angor tuman SEO va JSB  bo‘limi boshlig‘i

0 izox

Izox qoldirish