Har bir inson o‘zining hayoti davomida turli xil taomlarni ehtiyojiga qarab ist’emol qilib borishi bu tabiiy holdir. Lekin inson sog‘lig‘ida to‘g‘ri ovqatlanish (sog‘lom ovqatlanish) qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘pchilik bilmasa ham kerak. Xo‘sh sog‘lom ovqatlanish deganda nimani tushunamiz.
Sog‘lom ovqatlanish bu umumiy salomatlikni saqlaydigan yoki yaxshilaydigan ozuqadir. U tanani suyuqlik, oqsil kabi makroviy elementlar, vitaminlar kabi mikroelementlar, yetarlicha ozuqaviy tola va oziq-ovqat energiyasi bilan ta’minlaydi.
Sog‘lom ovqatlanish o‘z ichiga mevalar, sabzavotlar va butun donlarni va juda oz miqdorda qayta ishlangan (muzlatilgan, konservalangan) ovqatlar va shirin ichimliklarni olishi mumkin.
Garchi doimiy ravishda ovqatlanish dietasiga rioya qilganlar uchun B12 vitaminining qo‘shimcha manbalari kerak bo‘lsa ham ular uchun qo‘yiladigan talablar turli xil o‘simlik va hayvonlarga asoslangan oziq-ovqatlardan qondirilishi mumkin. Insonlarning sog‘lom bo‘lishi uchun nima iste’mol qilish kerakligi bo‘yicha tibbiyot va hukumat muassasalari tomonidan turli xil taomlanish qo‘llanmalari nashr etiladi.
Ba’zi mamlakatlarda iste’molchilarning sog‘lig‘iga doir oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash imkonini berish uchun ovqatlanish qo‘llanmalari taqdim etiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) aholi va shaxslarga nisbatan sog‘lom ovqatlanish uchun quyidagi beshta tavsiyani beradi.
Tanangiz ishlatayotgan kaloriyalar soniga teng ravishda ovqatlanish orqali sog‘lom vaznni saqlang.
Yog‘larni umumiy kaloriya iste’molining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida iste’mol qiling va to‘yinmagan yog‘larni to‘yingan yog‘larga qaraganda afzal ekanligini bilishingiz kerak. Trans yog‘lardan saqlaning. Kuniga kamida 400 gramm meva va sabzavotlar (shirin kartoshkalar, kassava va boshqa kraxmalli o‘simliklarni hisobga olmaganda) iste’mol qiling. Sog‘lom ovqatlanishda, shuningdek, dukkaklilar (masalan, yasmiq doni, loviya), butun donlar va yong‘oqlar ham mavjud iste’mol qilinadigan shakar miqdori umumiy iste’mol kaloriyasining 10% idan kamroq bo‘lishi kerak (kaloriya iste’moli 5% idan yoki 25 grammdan kam bo‘lishi yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
Barcha manbalardan tuz/natriyga me’yor belgilash va tuzning yodlanganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Kuniga 5 grammdan kamroq miqdorda tuz iste’mol qilinishi, yurak-qon tomir kasalliklarining xavfini kamaytiradi.
JSSTning ta’kidlashicha, yetarlicha sabzavot va mevalarning yetishmasligi butun dunyo bo‘ylab o‘limning 2,8% ga sabab bo‘ladi. Hayotimiz davomida ba’zi insonlar tomonidan tartibsiz holatda, muayyan rejimga amal qilmagan holda ovqatlanishlarini ko‘p kuzatganmiz. Ba’zida esa o‘zimiz ham ko‘p ovqat iste’mol qilish insonning sog‘lig‘idan darak beradi degan tasavvurga ega bo‘lamiz. Bu esa umuman noto‘g‘ri fikrlashimizni anglatadi. Chunki kun davomida ayniqsa yog‘li ovqatlarni me’yordan ko‘p iste’mol qilish natijasida, tana vaznimizning o‘zgarishiga, qomatlarning buzilishiga va oxirida yurak qon tomir kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak insonning hayoti davomida sog‘lom ovqatlanishi hayotimiz davomida uchrab turadigan ba’zi kasalliklarning oldini olishga qaratilgan omil bo‘lar ekan.
Karim Abdiyev,
Angor tumani SEO va JS bo‘limi xodimi
Ўзбекча
Русский
English