Ichkilikbozlik kasalligi haqida tushuncha

Ichkilikbozlik kasalligiga birdan o‘zidan-o‘zi kasallanib qolmaydi. Oylab, yillab, har kuni spirtli ichimliklar iste’mol qilib kelganlar, o‘zlaricha kayfu-safo qilib yurishni o‘ziga ma’qul ko‘rishib, o‘tkinchi o‘yin kulguga berilib ketishadi. Oqibatda spirtli ichimliklarga xumor paydo bo‘ladi. Spirtli ichimlik iste’mol qilmasa kayfiyati tushib, uyqusi buziladi, ishlash qobiliyati va ishtahasi yo‘qoladi, boshi og‘riydi. Agarda 50 gramm spirtli ichimlik ichsa shu belgilar yo‘ladi, kayfiyati ko‘tariladi, ishtahasi ochiladi. Bunday holatni ular (paxmin) deb hisoblaydilar. Ana shu holat ichkilikbozlik kasalligining birinchi belgisidir. Shunday holatga tushganlar darhol shifokor narkologga murojaat qilishi lozim. Xumor alomati ham har kimga har-xil o‘tadi. Birovga kuchli, birovga kuchsiz ta’sir etadi. Shu (paxmin) holatga tushganlar davolanishi oson kechadi. Shu holatdan o‘tib ketsa, ichishni to‘xtatmasa miya funksiyasi buzilib, alkogalizm kasalligining ikkinchi bosqichiga o‘tib ketadi. Bunday kasallarni faqat stasionar sharoitda davolanishi lozim. Davolanish qiyin kechadi.

Ichkilikbozlik kasalligining asoratlari

1-navbatda jigar funksiyasini buzadi.

2-navbatda miya funksiyasini zararlaydi. Inson ruhiyati buziladi. Aqli zaiflashadi, fikrlash qobiliyati pasayadi, oxiri odamgarchilikdan chiqa boshlaydi. Ensefalapatiya kasalligiga olib keladi.

3-navbatda moddalar almashinuvi buzilib, ichki organlar zararlanadi. Oshqozon funksiyasi, meda osti bezi funksiyasini buzadi.

4-navbatda Ichki sekresiya bezlariga zarar etkazadi. Jinsiy bezlarga zarar etkazib erkaklik xislati pasayadi, nasl buziladi, nogiron bolalar tug‘iladi.

Ichkilikbozlik kasalligining kasofatlari

1-navbatda ish joyidan ayriladi.

2-navbatda do‘stu-birodarlaridan ajralib, odamgarchilikdan chiqib qoladi.

3-navbatda oilasidan ayrilib oibatda uysiz joysiz bo‘lib ko‘cha kuyda umr ko‘radi.

Ey insonlar, spirtli ichimliklardan o‘zingizni saqlang.

Sog‘lom turmush tarziga amal qiling.

Chori Toshmatov,

Angor ATMP narkolog shifokor