Giyohvand moddalardan ogoh bo‘ling

Giyohvandlik yunoncha “Narkotikos” so‘zidan olingan. Ma’nosi esa bir lahza hayot tashvishlaridan yiroqlashish yoki fiziologik rohatlanish degan ma’noni bildiradi.

Giyohvandlik-inson ma’naviyatiga zid bo‘lgan insonning ijtimoiy-ruhiy holatini butkul izdan chiqaradigan g‘oyat xatarli illat bedavo xastalikdir. Narkotik moddalarga o‘rganib qolib ularni iste’mol qilmasdan turolmaslik giyohvandlikdir.

Giyohvand moddalar bosh miyaga va markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, insonning jismoniy va ruhiy sog‘ligini yemiradi. Narkotik moddalar tabiiy holda bo‘lgan keyinchalik narkotiklarni sintetika ishlab chiqilgan. Sintetik narkotiklar tabiiylaridan o‘n barovar kuchli bo‘lib insonlarni tez qaramlikka olib keladi.

Birinchi patalogik moyillik xumor alomati hisoblanadi. Agar xumori tutib qolsa giyohvand moddalarni izlay boshlaydi. Iste’mol qilgisi kelib hech narsa yoqmay qoladi. Ishtahasi pasayadi, ish qobiliyati yo‘qoladi. Uyqusi buziladi. Ana shunday holat birinchi belgisi. Shunday paytda o‘zini to‘xtatib qolishi mumkin. Bundan o‘tib ketsa jismoniy qaramlikka olib keladi. Bunday paytda xumori juda kuchli bo‘lib tanasi qaqshab og‘riydi, yordam berilmasa hatto o‘lib qolishi mumkin. Narkotik moddalarni uzluksiz uzoq muddatda qabul qilib borsa, quyidagi kasalliklar kelib chiqadi:

  1. Teri qoplamasi xunuk tus oladi.
  2. Sochlar to‘kila boshlaydi.
  3. Tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qoladi.
  4. Tishlari ham uvalanib ketadi.
  5. Ishtaha yo‘qoladi.
  6. Doimiy qabziyat bezovta qiladi.
  7. Ko‘rish qobiliyati pasayadi.
  8. Aqil zaiflashib boradi.

Eng xavflisi bemorlar narkotik moddalarni shprits orqali iste’mol qilishlarida OIV-spid infeksiyasini yuqtirib oladilar. Bundan tashqari, narkotik moddalar bosh miya funksiyasini ishdan chiqarib aql zayfligiga olib keladi.

Shunday ekan, giyohvand moddalardan ogoh bo‘ling!

Ch.Toshmatov,

Angor tumani KTMP

shifokori

0 izox

Izox qoldirish