AUTSTAFFING XIZMATLARI?
XODIMLARNI OMMAVIY RAVISHDA ISHDAN BO‘SHATISH
KASABA UYUSHMALARINING AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH...
Qonunchilikdagi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik subektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–8-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. 2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
-2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
-2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–8-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilindi.
Shuningdek, 2024-yil 1-martdan:
-litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;
-litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
-tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.
2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilishi belgilandi.
G‘.Tilovqobilov,
Angor tumani adliya bo‘limi boshlig‘i
29.02.2024 y.
“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi
Ўзбекча
Русский
English